English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlar prokuror nazoratida
15:57 / 2022-07-03

Navoiy viloyati prokurori Baxtiyor Ahmedov Uchquduq tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

 Unda aholi daromadini oshirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, odamlarning turmush sharoitini yaxshilash va farovonligini oshirish, ularni qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklarga yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Uchquduq tumani hokimi Soli Hamroyev hamda davlat organlari, tashkilot va korxonalar, sektorlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan qabul davomida 22 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. 

Qabul qilingan murojaatlarning 10 tasi ish bilan ta’minlash, 5 tasi kredit, 2 tasi sog‘liqni saqlash, 1 tasi subsidiya ajratish, 1 tasi uy-joy, 1 tasi soliq va 2 tasi boshqa masalalarga taalluqli bo‘ldi. Murojaatlarning 3 tasi joyida hal etildi, 3 tasiga huquqiy maslahat berilgan bo‘lsa, 16 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.
Jumladan, Latifa Otaniyozovaning onasini ishga joylashtirishda ko‘mak so‘rab qilgan murojaati ijobiy hal qilindi. Yekaterina Badjiyeva “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” DM “Uchquduq” hududiy boshqarmasiga, Ma’ruf Namozov esa Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirildi.

Shuningdek, Anton Tashbabayev, Dilshod Xo‘jayevlar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” DM “Uchquduq” hududiy boshqarmasi tasarrufidagi korxonalarga ishga qabul qilinuvchilar ro‘yxatiga kiritildi. Bundan tashqari, Ma’ruf Xolmurodovning kredit olishda ko‘mak so‘rab qilgan murojaatiga garov ta’minoti summasi so‘ralgan kredit miqdoriga yetmasligi sababli qo‘shimcha garov ta’minoti taqdim etish kerakligi tushuntirildi. 

Murojaatlarni to‘laqonli ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish yuzasidan Navoiy viloyati prokurori tomonidan tegishli mansabdor shaxslarga zarur topshiriqlar berildi va uyma-uy yurib, aniqlangan muammolarni hamkorlikda bartaraf etish va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish choralari belgilab olindi.

A.Bo‘riyev, O‘zA.