Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlar o‘z vaqtida hal etilmoqda — Energetika vazirligi
18:44 / 2022-08-04

Mamlakatimizda elektr energiyaga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Shu sababli, bugungi kunda Energetika vazirligi tomonidan aholi talabini qondirish barobarida tizimda katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

Vazirlik faoliyatida axolidan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash muhim hisoblanadi.

O‘zbekiston Respubpublikasi Energetika vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi Elmira Bekmurodova joriy yilning birinchi yarim yilligida vazirlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati haqida ma’lumot berdi.

-Ta’kidlash kerakki, joriy yilning yanvar-iyul oylari davomida Energetika vazirligiga 1 135 ta murojjat kelib tushdi, - dedi E.Bekmurodova.- Xususan, 545 ta yozma murojaat, 337 ta elektron murojaat, 166 ta og‘zaki (shu jumladan, ishonch telefoni) murojaat va 87 ta virtual qabulxonalari orqali murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu kelib tushgan murojaatlarning 1 126 tasi joyida nazoratga olingan. 292 tasiga choralar ko‘rilgan, 779 tasiga tushuntirish berilgan va 62 ta murojaat ayni kunda o‘rganish jarayonida hamda 2 ta murojaat tegishli bo‘lmaganligi bois rad etilgan.

Murojaatlarning asosiy qismi aholining elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan bo‘lib, ushbu murojaatlar o‘rnatilgan tartibda hududiy elektr ta’minoti korxonalari tomonidan joyida hal qilib berilgan.

Xuddi shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti masalasi bo‘yicha ham murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning aksariyat qismi ijobiy hal qilingan.

Hurmatli iste’molchilar! Sizda yoqilg‘i energetika kompleksi sohasiga oid taklif, savol yoki e’tirozlar bo‘lsa, Umumiy va murojaatlar bilan ishlash bo‘limining 71-236-38-22 ishonch telefoniga yoki info@minenergy.uz elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan 11-54 qisqa raqami yoki Telegram’dagi (@HET_admin) adminstratorga, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti yuzasidan 1104 va (71) 200-08-04 ishonch telefonlari yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin.

Yo‘llangan murojaatlar o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqiladi va qisqa fursatlarda javob qaytariladi.

O‘zA muxbiri Nasiba ZIYODULLAEVA yozib oldi.