Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlar nazoratga olindi
09:27 / 2024-07-11

Aholi bilan ochiq muloqot davomida ularning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va bu orqali xalqning roziligiga erishish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabullari Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham tashkil etib kelinmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarining Taxtako‘pir tumani aholisi uchun ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.  

Unda 24 ta ijtimoiy-iqtisodiy, 11 ta sud-huquq va 10 ta boshqa turli masala yuzasidan murojaat kelib tushdi. Shundan 10 ta murojaat joyida ijobiy hal etilishi ta’minlandi. 30 ta murojaat o‘rganish uchun nazoratga olindi va 5 ta murojaat yuzasidan mas’ul idoralarga topshiriq berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining sayyor qabuli boshqa tumanlarda ham davom etmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.