Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlar nazoratda
13:09 / 2023-12-12

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani aholisidan joriy yilning o‘tgan davrida Virtual va Xalq qabulxonalariga 816 ta murojaat kelib tushgan. Qayd etilgan murojaatlarning 759 tasi o‘rganildi. 389 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 235 tasiga huquqiy maslahat, 135 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan.

–Tuman sektor rahbarlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 192 ta sayyor ommaviy qabul o‘tkazildi, – deydi Xalq qabulxonasi mudiri Ixtiyor Karimov. – Ularda ishtirok etgan fuqarolardan 462 ta masala bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlar axborot dasturiy tizimiga kiritildi va ijrosi nazoratga olindi. O‘tgan davrda sayyor qabullarda tushgan murojaatlarning 90 foizi ijobiy hal qilindi. Xalq qabulxonasida qayd etilgan murojaatlarning tahlillari asosida har bir murojaatni sifatli ko‘rib chiqish, ijobiy yechimini topish va muddatida hal qilinishini ta’minlash maqsadida Xalq qabulxonasi tomonidan sektor rahbarlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, mahalla raislari va deputatlar bilan joyiga chiqqan holda o‘rganish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning o‘tgan davrida 21 ta murojaat Xalq qabulxonasi, deputatlar, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda joyiga chiqqan holda o‘rganilgan. Shuningdek, tuman Xalq qabulxonasi tomonidan hududdagi tashkilotlarning aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan monitoring o‘tkazish, murojaatlarni ko‘rib chiqish, holatini o‘rganish ishlari reja asosida olib borilmoqda. Joriy yilning 11 oyi davomida tumanda mavjud ko‘plab korxona va tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati o‘rganilgan. “Qorovulbozortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi va tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida murojaatlar bilan ishlash faoliyati o‘rganilganda bir qator kamchiliklar aniqlandi. Ularni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri.