English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlar ko‘pligi muammolar borligidan darak
14:18 / 2022-03-13

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani hokimligida viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda fuqarolar asosan, sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalariga oid murojaatlar bildirildi.

– 2-guruh nogironiman, – deydi tuman markazidagi “Eskiqal’a” mahallasida yashovchi Feruza Ahmedova. – Suyak yemirilishi kasalligidan 7 yildan beri aziyat chekishimni viloyat rahbariga ma’lum qildim. “Ayollar daftari”da turishimni inobatga olib shu kunning o‘zida meni bepul endoprotez qo‘yish uchun ro‘yxatga qo‘yishdi. 

– Mahalladoshlarimning minnatdorchiligini bildirish uchun keldim, – deydi Yulduz Shirinova. – “Oqoltin” mahallasida yashaymiz. Shu paytga qadar farzandlarimiz maktabga qatnashi uchun tayinli yo‘l yo‘q edi. Tuman hokimi Xurshid Toxirovga murojaat qildik. Murojaatimiz o‘rganildi. Bolalarimizning maktabga boradigan yo‘li yangidan ochildi, shag‘allashtirildi. Endi ko‘nglim tinch, farzandim bir nechta chorrahalardan kesib o‘tmasdan yaqin yo‘ldan maktabga qatnamoqda.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha bir haftalik muddat bilan tegishli mas’ullar biriktirildi. Ijrosi nazoratga olindi. 

Qabuldan so‘ng, viloyat rahbari Qorako‘l tumani “Chekirchi” MFY hududidan o‘tuvchi “Amu - Qorako‘l” kanali sohili bo‘yida qurishi rejalashtirilayotgan salomatlik yo‘lagi va dam olish maskani loyihasi taqdimoti bilan ham tanishdi.

[gallery-6125]

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA