O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov fuqarolar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabulni o‘tkazdi.
Unda talabalar hamda ularning yaqinlari xorijiy va respublika oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish, magistratura va doktoranturaga qabul, ta’lim krediti va boshqa masalalar yuzasidan bevosita vazirga murojaat qildi.

Ikki yarim soat davom etgan qabulda vazir tomonidan fuqarolarning har bir murojaatiga tegishli boshqarma rahbarlari va mas’ullar ishtirokida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
Qabulda ellik nafarga yaqin fuqaro ishtirok etib, 43 ta murojaat kelib tushdi. Shundan, 15 ta murojaat joyida hal etildi, 23 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 5 ta murojaat bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, shu kuni vazirlikda kun davomida jami 124 nafar fuqaro murojaatlari qabul qilindi.
N.Usmonova, O‘zA