Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlar e’tiborda va nazoratda
14:21 / 2023-05-24

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Nurota tumanida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Dastlab viloyat hokimi kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalarni borib ko‘rdi. Ayni paytda hududda “Jom marble” MCHJ Xitoy xorijiy korxonasi tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 5 million dollar bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha yiliga 120 ming metr kvadrat granit plitalarini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ushbu korxona ishga tushgach, mahalliy aholining 40 nafari doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Bugungi kunda tumanda nafaqat ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish, balki turizmni yanada rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilyapti. Keyingi yillarda “Chuya” mahallasi hududida joylashgan Dara qishlog‘i xorijiy va mahalliy sayyohlar tashrifi oshib borayotgan hududlardan biriga aylangan. Viloyat hokimi hududning turizm salohiyatini yanada takomillashtirish maqsadida aholi va tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ularning taklif va muammolari o‘rganildi. Hozirda Dara qishlog‘ida qariyb 40 ta xonadonda 250 nafardan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. Mazkur hududga har yili 30 ming nafarga yaqin mahalliy va 3 ming nafardan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi. Bu yerda 15 ga yaqin mehmon uylari, 2 ta sharshara, “Chuya” chashmasi, “Chuya” jome’ masjidi hamda tabiiy buloqlar mavjud. Tashrif davomida viloyat hokimi Chuya qishlog‘ida joylashgan “Monomarkaz” binosida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda aholining turli masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.  

Jumladan, fuqarolar simyog‘ochlarni yangilash, sel yo‘llarini tartibga keltirish, “Jarma” qishlog‘i va qabristoniga eltuvchi yo‘lni asfaltlashtirish, maktab o‘quvchilari va aholiga kulaylik yaratish maqsadida avtobus qatnovini ko‘paytirish, shuningdek, mobil aloqa sifatini yaxshilash, avtoservis ochish uchun imtiyozli kredit ajratish, uy-joy bilan ta’minlash kabi masalalarda murojaatlar qilib, o‘z takliflarini bildirdi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishliligi bo‘yicha topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.  

A.Bo‘riyev,  

O‘zA