Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlar doimo nazoratda
12:40 / 2022-12-24

Nazira Nurova Buxoro viloyati Peshku tumanidagi “Yangibozor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashaydi. Nazira opa qo‘shnisi bilan o‘zi yashab turgan hovli ichidagi yerlarga suv keladigan ariq va yo‘l masalasida kelishmay kelayotgan edi. Nazira opa bu masalani hal qilib berishni so‘rab viloyat hokimligiga murojaat qildi. Murojaatdan kelib chiqib, vaziyatni o‘rganish va ikki qo‘shini murosaga keltirish uchun Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi vakillaridan iborat ishchi guruh tuzildi. Holat joyiga chiqib o‘rganiladi.

Natijada Nazira Nurovaga uy-joyiga tutash hududdan o‘tuvchi servitut asosida foydalanishda bo‘lgan ichki ariqdan tomorqasiga suv olishiga hamda tomorqa qismidagi yo‘ldan foydalanishga qo‘shnisining yozma roziligi olinadi.  

– Kadastr agentligining Buxoro viloyati boshqarmasiga joriy yilning o‘tgan davrida  jami 541 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 158 tasi yozma, 263 tasi elektron murojaatlardir, – deydi Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Tashkiliy-nazorat va murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i Iroda Odinayeva.–Murojaatlarning  96 tasi sayyor qabullar orqali  kelib tushgan bo‘lsa, yana 24 ta murojaat agentlikning ishonch telefoni orqali qayd etilgan. Murojaatlarning 51 tasi yuridik shaxslardan, 490 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Hozirga qadar mazkur murojaatlarning 412 tasi qanoatlantirilgan. 126 tasi bo‘yicha tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berilgan. Yana 3 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha tashkilotlarga yuborilgan.

Zarif Komilov, O‘zA