Murojaati hal etilgan ona xursand bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Xalqobod MFY da yashovchi fuqaro Zulxumor Xolnazarova “Mahalla” xayriya jamoat fondi G‘uzor tumani bo‘linmasiga bir nafar farzandini bolalar oromgohiga yuborishda amaliy yordam berishini so‘rab murojaat qildi.
Fondning tuman bo‘linmasi mas’ullari mahalla faollari bilan mazkur murojaatni o‘rganib chiqdi va o‘rganish jarayonida fuqaro Zulxumor Xolnazarovaning oilasi kam ta’minlangan oila ekanligi, farzandini bolalar oromgohiga yuborish uchun moddiy imkoniyati yo‘qligi aniqlandi. So‘ng mazkur oilaning 2011 yilda tug‘ilgan farzandi Ziyodaxon Ismoilovaga Fond mablag‘lari hisobidan “Sho‘rtan qaldirg‘ochlari” bolalar dam olish oromgohiga yo‘llanma olib berilib, dam olish uchun yuborildi.
Zulxumor Xolnazarova ushbu murojaati ijobiy hal etilganidan xursand bo‘ldi va tashkilotchilarga o‘z minnatdorligini bildirdi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.