Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatda bank tizimi tanqid qilindi
12:16 / 2020-01-24

Prezidenti Murojaatnomasida xususiylashtirish, xorijiy investorlarni jalb etish, qarzdorlikni kamaytirish, davlat boshqaruvidagi tashkilotlarni isloh qilish, investitsiyalarni jalb etish, transport, energetika, yoʻl, qurilish, taʼlim sohalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Fan tizimi va kapital bozorni rivojlantirish uchun keskin choralar koʻrilishi kerak. Buni rivojlantirmasak, marraga yetolmaymiz. Afsuski bank tizimi raqamli texnologiyalarni qoʻllash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy taʼminotlar boʻyicha zamon talablaridan 10-15 yil orqada qolmoqda. Kimgadir bu yoqadimi, yoqmaydimi, bank tizimi orqada qolayapti. Eski tizimda ishlayapmiz. Qonunimiz ham yoʻq, rivojlanishimiz ham yoʻq, kadrlarimiz ham yoʻq. Qanday qilib iqtisodiyotni barqaror qilamiz. Toki bank sohasida yangi xizmat usullari yoʻq ekan, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Murojaatnomada 2020-yildan boshlab har bir bankda keng koʻlamli transformatsiya dasturlari amalga oshirilishi, resurs bazasi, daromadni koʻpaytirishga eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi.

Agar bank oʻz mijoziga birorta xizmat taklif etmasa u nima uchun kerak, degan mazmunda savol qoʻydi Prezident.