Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaat asosida xodim ishga tiklandi
17:46 / 2023-07-19

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2023 yil 5 iyundagi qarori bilan da’vogar Q.X.ni javobgar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi Samarqand viloyati g‘aznachilik boshqarmasiga ishga tiklash belgilangan.

– Mazkur ijro hujjati bizga kelib tushgach darhol ijro harakatlariga kirishilib, muassasa mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda da’vogar Q.X.ni darhol ishga tiklash majburiyati yuklatildi, – deydi MIB Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi Dilshodbek Abdug‘aniyev. – Shuningdek, ijro hujjatining talabini bajarmaslik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanganligi tushuntirildi. Shundan keyin da’vogar muassasaning ishga tiklash to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan Payariq tuman tibbiyot birlashmasiga hisobchi lavozimiga ishga tiklandi.  

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2023 yil 7 iyundagi qarorida esa fuqaro B.S.ni “Hududgaz” Samarqand filiali “Kattaqo‘rg‘ongaz” gaz ta’minoti suyultirilgan gaz bo‘yicha xizmati chilangar-ta’minotchisi vazifasiga ishga tiklash va majburiy progul kunlari uchun 7 million so‘m, ma’naviy zarar uchun 4 million so‘m undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida fuqaro ishga tiklandi va 11 million so‘m mablag‘ bank kartasiga o‘tkazib berildi.  

G‘.HASANOV, O‘zA