Murodjon Xolmurodov Bo‘stonliq turnirida sovrindor bo‘ldi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan erkaklar o‘rtasidagi "Tour of Bostonliq(2.2)" turnirining birinchi bosqichida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
Ushbu bosqichda velosportchilar 30 km. masofaga shaxsiy vaqt uchun yakkalik poygasida ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, bosqich yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Murodjon Xolmurodov ikkinchi natijani qayd etdi. Mazkur poygada Mo‘g‘uliston terma jamoasi a’zosi Tegshbayar Batsayxan oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, "Universe Cycling Team" jamoasi sharafini himoya qilgan Steven Uikkemsen bronza medali bilan taqdirlandi.
Bugun, 28 may kuni musobaqalar doirasida ikkinchi bosqich bellashuvlari tashkil etiladi. Unda erkaklar 146 km. masofaga, ayollar esa 116 km. masofaga guruh poygasida ishtirok etadi. Mazkur bahslarni velopoygachilar "Yangi O‘zbekiston" bog‘idan boshlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA