Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murodjon Ahmadaliyevga yangi raqib topildi
11:13 / 2021-11-13

Joriy yilning 19 noyabr kuni “WBA” va “IBF” chempioni, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazishi kutilmoqda.

Mazkur boks oqshomida Murodjon o‘z kamarlarini majburiy da’vogar Ronni Riosdan himoya qilishi belgilangan edi. Ammo Riosda koronavirus aniqlangani sababli o‘sha kuni jangda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Shu bois M.Ahmadaliyevga Xose Velaskes yangi raqib sifatida tanlandi.

32 yoshli chililik Velaskes oxirgi mag‘lubiyatini 2016 yilda qabul qilib olgan va shundan so‘ng ketma-ket 21 ta g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda.

Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA muxbiri