Murat Sutalinov ogʻir kasalligi bois ozodlikka chiqarildi
Bishkek shahar sudi MXDQ (Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi) sobiq rahbari Murat Sutalinovni ogʻir kasalligi bois ozodlikka chiqardi.
Bishkek shahar sudi MXDQ (Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi) sobiq rahbari Murat Sutalinovni ogʻir kasalligi bois ozodlikka chiqardi. Bu boradagi qaror 7 may kuni sud majlisida qabul qilindi.
Sogʻliqni saqlash vazirligining komissiyasi Sutalinovga qoʻyilgan tashxisni tasdiqladi: 4 bosqichdagi buyrak saratoni.
Qurmanbek Bakiyev prezidentligi davrida avval Ichki ishlar vaziri boʻlgan, keyin MXDQga rahbarlik qilgan Murat Sutalinov 2010 yil 7 apreldagi tinch namoyishchilarni otishda aloqadorlikda aybdor deb topilib, 20 yil muddatga qamoqqa hukm qilingan edi.
Aprel hodisalaridan keyin u mamlakatdan chiqib ketdi, ammo 2011 yilning dekabrida oʻz xohishi bilan sud jarayonlarida paydo boʻldi. Shundan soʻng u uy qamogʻida boʻldi, ammo hukm eʼlon qilinganidan soʻng qamoqqa olindi.
Sutalinovning advokatlari uning saraton bilan ogʻriyotganini aytib, muddatdan avval ozod qilinishini soʻrashgan edi. Ammo Leninsk tuman sudi 15 fevral kuni uni hibsda qoldirish borasida qaror qabul qildi. Shundan soʻng advokatlar Bishkek shahar sudiga apellyatsiya arizasini berishdi.