Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murakkab vaziyatdan birgalikda, hamjihatlikda oʻtamiz
20:03 / 2020-04-07

Prezidentimizning 3-aprel kungi murojaati xalqimizga ruhiy madad, samimiy dalda boʻldi. Har birimizga kuch-quvvat berdi.


Prezidentimizning 3-aprel kungi murojaati xalqimizga ruhiy madad, samimiy dalda boʻldi. Har birimizga kuch-quvvat berdi.

Yurtboshimiz tadbirkorlarga, iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy yordamga muhtoj aholiga, yakka-yolgʻizlarga, nogironligi boʻlganlarga moddiy koʻmak va yordamlarni oshiramiz, xalq uyida oʻtirsin, dedi.

Ayni vaqtda Covid-19 tufayli mamlakatimizda yuzaga kelgan vaziyatni tushuntirdi, pandemiyaga qarshi kurash boʻyicha tegishli idoralarga yangi topshiriqlar berdi, har birimizga taalluqli vazifalarni va tavsiyalarni bayon qilib berdi.

Dunyo miqyosida yuz berayotgan koronavirus pandemiyasi manaman degan davlatlarni ham dovdiratib qoʻymoqda. Kuzatib turibmiz, solishtiryapmiz. Kelinayotgan xulosa shuki, qaysi davlatda rahnamo kuchli, irodali, fidokor, xalqi hamjihat, ahil, jamiyat miqyosidagi tartib-intizomga chinakam rioya qilsa, epidemiya nisbatan tez chekinmoqda. Xitoy va Janubiy Koreya bunga jonli misol.

Demak, haqiqatdan koʻz yummasligimiz kerak. Mamlakatimizda pandemiya munosabati bilan kuchli insonparvar siyosat olib borilmoqda. Har bir kasallangan bemor, karantinga olinganlar mutaxassislarning qatʼiy nazoratida. Uyda qolayotgan aholi uchun yetarli sharoitlar, yangi imkoniyatlar muhayyo etilmoqda. Yirik ishlab chiqarish korxonalari bir zum toʻxtamay ishlamoqda. Oʻrta va kichik biznes subyektlariga ishonchli imtiyozlar taqdim etilmoqda. Eng ahamiyatlisi, davlatimiz rahbari mazkur sinovdan talafotlarsiz oʻtishimiz kerakligini qayta-qayta uqdirmoqda.

Shunga qaramay, keyingi kunlardagi rasmiy bayonotlardan maʼlum boʻlmoqdaki, holat birmuncha jiddiy. Aksariyat aholimiz “Uyda qoling” daʼvatiga, vaziyat taqozo etgan tartiblarga qatʼiy rioya qilmoqda. Taassufki, maʼrifatli xalqimiz orasida pandemiya tufayli oʻrnatilgan tartib va qoidalarni mensimaslik holatlari uchrayotgani juda tashvishli.

Uyida goʻyo diqqinafas boʻlib, arzimas bahona bilan koʻchaga oshiqayotgan, karantin qoidalarini pisand qilmayotganlarni tushunib boʻlmaydi.

Sinovli kunlar odamlarni bir-biriga yaqin qilyapti, hamjihatligimiz yana-da mustahkam boʻlib bormoqda. “Uyda qoling” daʼvati oilalarimizga, xonadonlarimizga goʻyo nur olib kirdi. Otalar uyda, farzandlar uyda, tarbiya, maʼrifat saboqlari kuchaydi, kitobxonlik, oilaviy mutolaa taomilga aylandi. Uy-roʻzgʻorning har qanday yumushi koʻpchilik bilan hamjihat bartaraf etilmoqda. Biz birgamiz. Har qanday muammoga yechim topamiz.

Mahmudjon PARPIYEV,
Oliy Majlis Senatining Fan, 
taʼlim va sogʻliqni saqlash 
masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari.