French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi
16:22 / 2022-05-10

Avvallari poytaxtdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida amalga oshirilgan yuqori texnologik operativ va konservativ davolash usullarini talab etadigan operatsiyalar endi olis va chekka hududlarda ham yo‘lga qo‘yilgan.

Bunday amaliyotlarning chekka hududlarda o‘tkazilayotgani ayniqsa, bemor va uning yaqinlari uchun katta qulaylik tug‘dirmoqda. 

Sirdaryo viloyatidagi Guliston tibbiyot klasterida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi malakali mutaxassislari tomonidan yuqori texnologik operativ konservativ davolash usuli talab etiladigan chanoq son suyagining yemirilishi bilan bog‘liq endoprotezlash amaliyoti ikki nafar fuqaroda o‘tkazildi.

Jarrohlik amaliyotida Guliston tibbiyot klasterining neyrotravmatologiya bo‘limi travmatologlari ham ishtirok etdi. Ushbu, murakkab, yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti imtiyozli yo‘llanmaga ega bo‘lgan shaxslarga Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi bilan tibbiyot muassasasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, kafolatlangan paket doirasida amalga oshirildi. Bemorlarga operatsiya uchun ketadigan barcha xarajatlar esa davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan qoplab berildi. Shuni aytib o‘tish joizki, muolajaning bunday tizimli yo‘l bilan amalga oshirilishi natijasida tibbiy xizmatlar bozorida ochiqlik va shaffoflik muhiti vujudga keldi. Eng muhim jihatlaridan biri, aholining tibbiy yordam uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar darajasini kamaytirish imkonini berdi. 

– Bu kabi yuqori texnologik operativ va konservativ davolash usullarini talab etadigan suyak son suyagi yemirilishi bilan bog‘liq endoprotezlash amaliyotini o‘tgan yili yo‘lga qo‘yganmiz, – deydi Guliston tibbiyot klasteri neyrotravmatologiya bo‘limi, travmatologi Sevara Otayeva. – Joriy yilning o‘zida shu turdagi operatsiyalardan 10 tasini o‘tkazdik. Bunda bizga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari nihoyatda qo‘l kelyapti. Ushbu markaz mutaxassislari bilan mahorat darsi tariqasida o‘tkazgan operatsiya ham muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 

Shuhrat Suyarov, O‘zA