English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murabbiylar mehnatiga eʼtibor, eʼtirof va ragʻbat, bu - “Faxriy murabbiy” ordeni
12:12 / 2020-06-10

“Faxriy murabbiy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti oladi.


Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yoʻlidan maʼlumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon boʻlishi oʻsha davlatda yoshlar taʼlim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan eʼtibor darajasiga chambarchas bogʻliq. Bunda Murabbiylarni oʻrni beqiyosdir. Murabbiylar tomonidan yoshlarni taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi. Hozirgi kunda jamiyatimizda roʻy berayotgan maʼnaviy yuksalish, yoshlarni axloqiy, gʻoyaviy, siyosiy ongini oʻstirib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohot jarayonlariga labbay deb javob bera oladigan shu bilan birga uzviy aloqada boʻla oladigan yoshlarni tarbiyalashdek masʼuliyatli ish murabbiylar zimmasida ekanligini unutmasligimiz lozim.

Ularni zahmatli mehnatlarini qadrlanib va taqdirlash maqsadida Muhtaram Prezidetimiz tomonidan imzolangan “Faxriy murabbiy” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni imzolandi.

Hujjatga koʻra “Faxriy murabbiy” ordeni bilan yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh isteʼdod egalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim va qobiliyatlarini yana-da rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshgan, oʻzining chuqur bilim va boy hayotiy tajribasi bilan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish borasida shaxsiy namuna koʻrsatib kelayotgan davlat va jamiyat oldidagi yuksak xizmatlari bilan alohida eʼtibor qozongan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda chet el fuqarolari shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanadi.

Orden sohibi chuqur bilim, yuqori malaka hamda keng tafakkurga ega shogirdlarni tarbiyalash orqali yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirishga bevosita hissa qoʻshgan, ilm-fan sohasida yosh olimlar hamda yetuk mutaxassislarni tayyorlash, sport sohasida, ularning katta muvaffaqiyatlarga erishishi uchun zarur sharoitlarni yaratish ishlaridagi alohida xizmat qilgan, “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida yosh avlodga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni oʻrgatib, tadbirkorlik va hunarmandchilikka keng jalb etgan, yoshlar bandligini taʼminlagan ustoz va murabbiylar sazovor deb topiladilar. Shuningdek yordamga muhtoj va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan yoshlarni oʻz otaligʻiga olib, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularning qalbi va ongida ona yurtga sadoqat, halollik, mehnatsevarlik, mardlik, adolatlilik kabi ezgu fazilatlarni shakllantirish, komil inson etib tarbiyalash ishlaridagi samarali mehnati va hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, oilalarda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish, “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat”, “Oila – muqaddas” degan ezgu gʻoyalarni ijtimoiy hayotga keng tatbiq etish, shuningdek, aholining kam taʼminlangan qatlamini ijtimoiy himoyalash ishlarida koʻrsatgan jonbozligi va ibratli faoliyati uchun mukofotlanadi.

“Faxriy murabbiy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti oladi.

Guvohi boʻldikki, koronavirus pandemiyasi sharoitida ham yurtimizda taʼlim jarayonlari toʻxtab qolgani yoʻq. Ustoz va murabbiylar yoshlarning masofadan turib kunu-tun onlayn tarzda bilim olishlari uchun televideniye va internet tarmoqlari orqali sidqidildan mehnat qilishmoqda. Oʻz kasbini shunday fidoiylari uchun ayni vaqtda “Faxriy murabbiy” ordenini taʼsis etilishi Murabbiylarga berilgan eʼtibor, eʼtirof va ragʻbatdir.

Baxtiyor SAYFULLAYEV,

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari