Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muqobil investitsiya fondlari iqtisodiy taraqqiyot katalizatori
14:10 / 2026-02-20

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev 2025-yil 26-dekabrda Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida “bundan ikki yil oldin “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini qabul qilganimizda yalpi ichki mahsulot hajmini 2030-yilgacha 160 milliard dollarga yetkazishni belgilab olgan edik. Koʻrib turibsizlar, mavjud salohiyatimiz, bugungi islohotlarimiz, tadbirkorlarimizning faolligi, xorijiy sheriklarimiz bilan hamkorligimiz oʻsib borayotgani hisobiga bu marraga 2026-yilning oʻzida bemalol erisha olamiz” deb ta’kidlagan edi.

Shuningdek, Murojaatnomada venchur fondlar, startaplar, fintex kabi yangi moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish, bu sohadagi barcha ishtirokchilar huquqlarini qonun bilan kafolatlab qoʻyish zarurligi, buning uchun parlamentimiz hukumat bilan birgalikda “Muqobil investitsiya jamgʻarmalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini 1-martgacha ishlab chiqilishi, ayni muddao boʻlishi alohida qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi  Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-226-son qarorida muqobil investitsiya fondlari to‘g‘risida qonun qabul qilish vazifasi belgilangan. “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish orqali venchur molyalashga keng imkoniyatlar yaratish nazarda tutilgan. Qonun loyihasida venchur moliyalashtirish, “biznes-angellar”, “LP va GP” kabi investitsiya vositalarining ixtisoslashtirilgan tuzilmasi, “Convertible notes”, “SAFE” kabi shartnomaviy moliyalashtirish vositalarini nazarda tutish belgilanmoqda. Shuningdek, unda amalga oshirilgan investitsiyalarni kapital qo‘yilmalar sifatida tan olishni ko‘rib chiqish, investitsiyalar bilan bog‘liq barcha operatsiya va boshqaruv xarajatlarini soliqqa tortish masalalarini aniqlashtirish, maxsus valyuta rejimini joriy etish ko‘zda tutiladi. 

Investitsiya fondlari faoliyati 2015-yil 25-avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya va pay fondlari to’g’risida”gi qonuni bilan tartibga solinadi. Investitsiya va pay fondlari fond bozorida ishlashga mo’ljallangani uchun, ular investitsiyalarning yangi turlarini qamrab ola olmadi. Ammo, kundalik hayotda investisityalarni og’zaki kelishuvlar asosida birlashtirish tez-tez uchramoqda. Shu bilan birga, turli shartnomalar orqali investisiya faoliyatini amalga oshirish holatlari ham mavjud. Misol uchun uy-joyni ulushli moliyalash shartnomasi ayni shu vazifani bajarmoqda.

Ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, rivojlangan mamlakatlarda investisiya fondlari fond bozorining asosiy kapital ta’minotchidir. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti esa venchur fondlar faolligini talab etadi. Mamlakatimizda venchur fondlar faoliyatining huquqiy asoslari to’liq yaratilmagan. O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya va pay fondlari to’g’risida”gi qonuni venchur fondlar faoliyatini qamrab ola olmaydi.

Ko’chmas mulk investisiya fondlari, xedj-fondlar, oltin va qimmatbaho metallarga investitsiya kiritadigan fondlari mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o’rinda muqobil investisiya fondlari haqida qonun qabul qilish keying iqtisodiy o’shishga turtki beradi.

Nimaga mazkur investitsiya fondlari muqobil investitsiya fondlari deb nomlangan? Muqobil investitsiya fondlari an’anaviy investitsiya fondlariga qarshi qo’yiladi. Fond bozorida harakat qiluvchi investitsiya fondlari an’anaviy investitsiya fondlari hisoblanadi. Muqobil investitsiya fondlari an’anaviy investitsiya fondlari faoliyatini tartibga solish murakkabligi, ularning faoliyati qat’iy tartibga solinganligi tufayli paydo bo’lgan.

Muqobil investitsiyalar an’anaviy investitsiya toifalariga kirmaydigan moliyaviy aktivlardir. An’anaviy toifalarga aksiyalar, obligatsiyalar va naqd pul kiradi. Muqobil investitsiyalar qatoriga xususiy kapital yoki venchur kapitali, xedj fondlari, boshqariladigan fyucherslar, san’at asarlari va antikvar buyumlar, tovarlar hamda derivativ shartnomalar kirishi mumkin. Ko‘chmas mulk ham ko‘pincha muqobil investitsiya sifatida tasniflanadi. 

Muqobil investitsiya fondlarining o’zi xos xususiyatlaridan eng muhimi ularning keng omma uchun mo’ljallanmaganlidir. Murakkab tabiati, tartibga solinmaganligi va yuqori tavakkalchiligi sababli, muqobil investitsiya aktivlari asosan institutsional investorlar yoki akkreditatsiyadan o‘tgan, yuqori daromadga ega shaxslar tomonidan egallab turiladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, muqobil investitsiya fondlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunning qabul qilinishi turfa xil investitsiyalash munosabatlarini qamrab olish imkoniyati yaratiladi.   

Alisher Jumag’ulov,

TDYU Tadbirkorlik va korporativ 

huquq sho’basi dotsenti, PhD