Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muqaddas Xoliqova: “Bugun chin xizmat qadrlanayotgan zamonda yashayapmiz”
16:11 / 2026-03-06

E’tirof

Inson qadri va baxti, avvalo, oiladan boshlanadi. Ma’naviyat va madaniyatning ilk asoslari ham aynan shu muqaddas dargohda shakllanadi.  

Yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirmoqda.

Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan aktrisa Muqaddas Xoliqova o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bugungi kunda bir jihat meni alohida quvontiradi. Ilgari bunday mukofotlar ko‘proq san’at ahliga berilardi. Bugun esa yurtimizning eng chekka hududida ham vatanparvarlik ruhida, yurtga sadoqat va mahorat bilan xizmat qilayotgan har bir inson davlatimiz e’tiborida va e’tirofida, — dedi u.

Fikrlarning davomini quyidagi videoda tomosha qiling.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RyZOrN4yAWY" title="“Vatanparvarlik ro‘hida, chin xizmat qilgan borki, e’tirof etiladi&quot; –Muqaddas Xoliqova" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abdulaziz RUSTAMOV, Yoqub MELIBOEV (video), O‘zA