Jizzax viloyatida huquq-tartibot organlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar jamoat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda. Ana shunday chora-tadbirlardan biri Zarbdor tumani hududida o‘tkazildi.
Tadbir jarayonida o‘zini shubhali tutgan fuqaro to‘xtatilib, qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi. U Jizzax shahrida yashovchi, muqaddam og‘ir jinoyati uchun sudlangan shaxs ekani ma’lum bo‘ldi. Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish davomida uning yonidan “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Huquq-tartibot sohasi mutaxassislarining fikricha, giyohvandlik vositalarining hatto kam miqdorda muomalada bo‘lishi ham jamiyat uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Shu bois bu illatga qarshi kurash huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bir qatorda, keng jamoatchilik zimmasiga ham o‘ziga xos ravishda mas’uliyat yuklaydi.
Ayni paytda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Abdujalol Qayumov, O‘zA