Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olingani haqida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan A.F. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Uchtepa tumani «Katta xirmontepa» MFY hududidagi savdo majmuasi oldida fuqaro K.K.ga jami 35 dona «Gabapin» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 5,4 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.R. noqonuniy daromad orttirish maqsadida «Zarafshon» MFY hududida fuqaro J.A.ga 8 dona «Regapen» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1,1 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA