English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muomaladagi bank kartalari soni 65 milliondan oshdi
16:08 / 2025-11-07

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 noyabr holatiga muomaladagi bank kartalari soni 65 million 44 ming 604 tani tashkil etmoqda.

Banklar va to‘lov tashkilotlari tomonidan o‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni esa 39 ming 819 taga yetgan. Shuningdek, o‘rnatilgan to‘lov terminallari soni 424 ming 729 tani tashkil qilib, ular orqali yanvar–oktyabr oylarida tushgan tushumlar 359,9 trillion so‘mdan oshgan.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, muomaladagi kartalar sonining o‘sishi va bankomat hamda to‘lov terminallarining ko‘payishi aholiga bank xizmatlaridan keng foydalanish imkonini yaratadi hamda elektron to‘lovlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA