Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Munosiblar saralanmoqda
14:16 / 2025-11-12

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan musobaqalar yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda jismoniy tarbiya va sport turlarining ommaviyligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan “Besh tashabbus olimpidasi”dan o‘rin olgan voleybol bo‘yicha hududiy bosqichda viloyatdagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining talabalaridan iborat jamoalar o‘zaro kuch sinashdi. Bellashuvlar yuqori sport mahorati, jamoaviy uyg‘unlik va yuksak tayyorgarlik ruhida o‘tdi. 

Musobaqaning qizlar o‘rtasidagi bahslar finalida Namangan davlat texnika universiteti jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan Namangan davlat universiteti talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin “Turon” xalqaro universiteti jamoasiga nasib etdi. 

E’tiborlisi shundaki, o‘smirlar ishtirokidagi bellashuvlarda ham Namangan davlat universitetiga teng keladigani topilmadi. Ular finalda xuddiy qizlar o‘rtasidagi raqobat singari aynan Namangan davlat texnika universiteti vakillaridan ustun keldi. Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi esa kuchli uchlikni yakunladi. 

“Besh tashabbus olimpidasi”ning tantali taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindor jamoalar, faol o‘yinchi talabalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.