Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Munosiblar respublika bosqichiga yo‘l oldi
15:03 / 2022-10-08

Navoiy shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Gimnastika barcha uchun” shiori ostida xotin-qizlarni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish va uni yanada rivojlantirish maqsadida gimnastrada sport turi bo‘yicha “Prezident Kubogi – 2022” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqa uch toifa bo‘yicha – 14 yoshgacha, miks hamda 45 yoshdan yuqori bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etildi. Tadbirda Xatirchi, Karmana, Qiziltepa, Nurota, Konimex, Navbahor tumanlari va Navoiy shahri jamoalari safida 150 nafardan ortiq xotin-qiz ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan jamoalar o‘rtasida Navoiy shahrining “Simpotyashki”, miks bahslarida Xatirchi tumanining “O‘zbegim ayollari” va 45 yoshdan yuqori bo‘lgan jamoalar o‘rtasida “Xatirchi zebolari” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ular musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etadi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA