Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Munosib nomzodlar saralandi
11:14 / 2025-12-12

Jizzax shahrida joylashgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti”ga nomzodlarning viloyat saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning shahar va tuman bosqichlarida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha  g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 100 dan ortiq nomzodlar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan ilmiy izlanishlar, ijodiy ishlanmalar va ijtimoiy loyihalar  27 nafar komissiya a’zolari tomonidan qabul qilindi va  ular sakkiz yo‘nalish bo‘yicha baholandi. Natijada 20 nafarga yaqin g‘olib va sovrindorlar respublika bosqichida qatnashish uchun tavsiya etildi.  

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri