French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Munosabat: jamoat transporti tizimida vaziyat mutlaqo o‘zgaradi
18:19 / 2022-12-23

Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaati davlat hamda jamiyat hayotidagi katta bir siyosiy voqeliklardan biri, ta’bir joiz bo‘lsa tarixiy voqelik bo‘lib hisoblanadi.

Bu yilgi murojaatnomani ham barchamiz katta hayajon va diqqat-e’tibor bilan tingladik. Murojaatnoma mamlakatimiz kelgusi taraqqiyotining muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligi ko‘p jihatdan davlat boshqaruvi organlarining faoliyatiga bog‘liqligiga alohida urg‘u berildi. 2023 yildagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.  

Yurtboshimiz eng avvalo ixcham va samarali Davlat boshqaruvi tizimiga o‘tish to‘g‘risida fikr yuritar ekan, Davlat organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, davlat xizmatchilarini malakali, korrupsiyaga toqatsiz va qat’iyatli qilib tayyorlash kerakligini ta’kidlandi. Murojaatnomada barcha sohalar qatori jamoat transporti sohasini rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Davlat rahbari transport sohasida amalga oshiriladigan ishlar xususida to‘xtalar ekan, tizimni isloh qilish bo‘yicha bir qator vazifalarni belgilab berdi.  

Jumladan, Toshkent shahri uchun qo‘shimcha ravishda mingta zamonaviy avtobus sotib olinishi, 7 ta yer usti metro bekati ishga tushirilishi, hududlarda ham yo‘lovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida yana mingta avtobus harakati yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Bu orqali jamoat transporti bo‘yicha ahvol og‘ir bo‘lgan 300 ta mahalladagi 1 million aholining uzog‘i yaqin bo‘ladi. Albatta, belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, Buxoro viloyatida jamoat transportini rivojlantirish, hududlar o‘rtasida transport aloqasini yaxshilash, istalgan manzilga tezda kelib-ketish imkoniyatini beradigan o‘zaro bog‘langan transport tarmog‘ini yaratish, ayniqsa, aholi punktlarini tumanlar markazlari bilan bog‘lash uchun muntazam avtobus qatnovlari xususiy sektorni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.  

Zero murojaatnomada davlat-xususiy sheriklik orqali qishloq, suv, o‘rmon xo‘jaliklari, transport sohalariga bemalol yiliga 1 milliard dollargacha sarmoya olib kelish mumkinligi barcha mas’ullar uchun bosh maqsadga aylanadi. Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, murojaatnomada aytilgan o‘zgarish va islohotlar xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashi, kelajakka yuksak ishonch hamda shukronalik hissi bilan yashashga da’vat etishga xizmat qilishi shubhasizdir.  

Faxriddin Rajabov,  

Buxoro viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i  

O‘zA