English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MUNOSABAT: el-yurtga eʼtibor tildan boshlanadi
17:09 / 2020-04-11

Oʻzbek tili bayrami nishonlanishi, eng avvalo, shu zaminda istiqomat qilayotgan millionlab yurtdoshlarimiz hamda dunyoning turli hududlaridagi tildoshlarimizga gʻurur va iftixor bagʻishlaydi.


Prezidentimiz oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida alohida taʼkidlaganidek, oʻzbek tili xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat, ulugʻ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida maʼqullangan va davlatimiz rahbari tomonidan kecha imzolangan “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonun ona tilimizning mavqeini yana-da oshirishda mustahkam poydevor boʻladi. Qolaversa, davlat tilining hayotimizdagi oʻrni, nufuzi tobora ortishi hamda xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor, uni oʻrganishga boʻlgan qiziqish kuchayishiga xizmat qiladi.

Oʻzbek tili bayrami nishonlanishi, eng avvalo, shu zaminda istiqomat qilayotgan millionlab yurtdoshlarimiz hamda dunyoning turli hududlaridagi tildoshlarimizga gʻurur va iftixor bagʻishlaydi.

Endilikda 21-oktyabr kunida oʻzbek tili bayramini nishonlash bilangina cheklanmasdan, bir yil davomida tilimiz rivoji yoʻlida amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy tahlil qilish, turli ilmiy anjumanlar, aksiyalar oʻtkazish, soha fidoyilarini munosib taqdirlash kabi ishlarni ham amalga oshirishimiz talab etiladi.

Shu oʻrinda Konstitutsiyamizda mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elat vakillarining tillari, urf-odatlari, anʼanalari hurmat qilinishi rasman mustahkamlangan, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratish belgilangan va bu amalda toʻliq oʻz ifodasini topganini ham taʼkidlash joiz.

Ushbu qonun har birimizning oldimizga davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish, oʻzbek tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, internet jahon axborot tarmogʻida munosib oʻrin egallashini taʼminlash, oʻzbek tilida kompyuter dasturlarini yaratish kabi oʻta dolzarb vazifalarni ham qoʻyadi.

Baxtiyor SAYFULLAYEV,
Oliy Majlis Senati
qoʻmita raisi.