Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mundo: Ispaniyada 84 yoshli erkak rashk tufayli kampirini bolg‘a bilan o‘ldirdi
11:54 / 2021-06-18

Mundo gazetasining yozishicha, Madridda yashovchi 84 yoshga kirgan qariya rashk tufayli kampirini o‘ldirib qo‘ygan. Qotil o‘zining mudhish ishini bolg‘a bilan amalga oshirgani aytilmoqda.

Chorshanba kuni tunda Madrid shahrining Moratalas mavzesiga politsiyachilar shoshilinch chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan. Qotillik ro‘y bergan uyning qo‘shnilaridan biri ayol kishining yordam so‘rab qichqirganini aytgan.

Politsiyachilar uy ostonasiga kelganida gumonlanuvchining o‘zi ularga eshikni ochgan va jinoyatini tan olgan. jarohat olgan kampir zudlik bilan kasalxonaga olib borilgan, keyinroq u hayotdan ko‘z yumgan. Marhuma 81 yoshda ekani aytilmoqda.

«U tumanning hamma erkaklari bilan yuradi. Men afsus chekmayman, u shunga munosib edi, battar bo‘lsin», - dedi marhumaning eri politsiyachilarga.

Chol-kampirning nikohdan o‘tganiga 40 yil to‘lgan. Qo‘shnilarning guvohlik berishicha, ularning uyida har doim janjal bo‘lib turgan. Janjalga asosan erkak sababchi bo‘lgan, chunki u juda rashkchi bo‘lib, kampirini har doim nazoratda ushlab turishga harakat qilgan.