English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Munavvarqori Abdurashidxonov merosiga bag‘ishlangan davra suhbati
12:24 / 2026-02-26

O‘zbekiston milliy universitetida jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar alloma Munavvarqori Abdurashidxonov faoliyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar tomonidan Munavvarqori Abdurashidxonovning jadidchilik harakatidagi o‘rni, uning xalqni ma’rifatli qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlari, milliy ta’lim tizimini yangilash borasidagi xizmatlari atroflicha muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, jadid bobolarimiz xalqni ilmga chorlash, zamonaviy maktablar tashkil etish, darsliklar yaratish, gazeta va jurnallar orqali jamiyatni uyg‘otishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan edilar. Munavvarqori Abdurashidxonov ana shunday ma’rifatparvar insonlardan biri bo‘lib, u  yoshlarni savodli qilish yo‘lida fidokorona mehnat qilgan.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar jadidlar faoliyati nafaqat ta’lim sohasida, balki matbuot, madaniyat va jamiyat taraqqiyotida ham muhim ahamiyat kasb etganini qayd etdi. Ular tomonidan qoldirilgan boy ilmiy va ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, uni zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq etish hamda yoshlar orasida keng targ‘ib qilish dolzarb vazifa ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirda jadidlar merosini o‘rganish bo‘yicha yangi ilmiy loyihalarni amalga oshirish, arxiv materiallarini tadqiq etish hamda jadid allomalar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Nigora Rahmonova, O‘zA