Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mumtoz musiqa sanatiga e’tibor
19:29 / 2022-11-03

Vazirlar Mahkamasining “Madaniyat va san’at muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash va ularni davlat tomonidan tizimli qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, maqom xonandaligi, maqom cholg‘u ijrochiligi va baxshichilik yo‘nalishlariga yangi qabul qilingan talabalarning shartnoma to‘lovlari davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.

Fortepiano ijrochilarini tayyorlash bo‘yicha qabul kvotasi 3 baravarga ko‘paytirilib, talabalarning kontrakt to‘lovlarini to‘liq qoplab beriladi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga yangi qabul qilingan birinchi bosqich talabalarining 2022/2023 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) summasi 2022 yil 15 noyabrga qadar O‘zbekistan Respublikasi Madaniyat vazirligiga Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, kelgusi o‘quv yilidan boshlab esa 15 sentyabrga qadar Madaniyat vazirligiga Davlat byudjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

O‘zA