Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mumtoz musiqa oqshomi
23:07 / 2025-11-09

Poytaxtimizdagi “Ma’rifat markazi” Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston xalq artistlari G‘afurjon va G‘ulomjon Eshjonovlar hamda O‘zbekiston xalq hofizi Ochilbek Matjonovning ijodiy-ma’rifiy kechasi bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi yillarda milliy maqom san’atini rivojlantirish yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizning barcha hududlarida maqom san’ati ansambllari tashkil etildi va bugungi kunda ular samarali faoliyat yuritmoqda. Qadimiy va betakror ushbu san’at turining mohiyatini yosh avlodga keng va chuqur tushuntirishda ustoz san’atkorlar munosib hissa qo‘shmoqda.

O‘zbekiston xalq artistlari G‘afurjon va G‘ulomjon Eshjonov hamda O‘zbekiston xalq hofizi Ochilbek Matjonov milliy maqom san’atini, mumtoz musiqa merosini yoshlarga yetkazishda faol ulush qo‘shib kelmoqdalar. Ayni paytda mazkur san’atkorlar Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida professor sifatida faoliyat yuritib, yoshlarga saboq berish bilan birga, mamlakatimizda o‘tkazilayotgan turli davlat tadbirlaridagi musiqiy dasturlarda o‘z san’atlarini xalqimizga namoyon etmoqdalar.
Mumtoz musiqa namunalaridan iborat ushbu konsert tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.

N. Usmonova, O‘zA