English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mumtoz adabiyot - madaniyatlararo ishonchli ko‘prik
17:35 / 2021-11-25

Ozarbayjonning Baku shahrida buyuk alloma Nizomiy Ganjaviy tavalludining 880 yilligiga bag‘ishlangan «Nizomiy Ganjaviy: madaniyatlar o‘rtasida ko‘prik» nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda Ozarbayjon Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosari Ali Ahmadov hamda madaniyat vaziri Anar Kerimov, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha maxsus vakili M.Shvidkoy, Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Ersoy, diplomatik korpus vakillari va  olimlar ishtirok etdi.   

Konferensiya ochilishida so‘zga chiqqan  O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Nizomiy Ganjaviy hamda Navoiy ijodidagi bog‘liqliklar, alloma adabiy merosining bugungi kundagi qiymatiga atroflicha to‘xtaldi.  

 Shuningdek,  konferensiya doirasida Nizomiy asarlari asosida miniatyura san’atiga oid ko‘rgazma ochildi.   

Keng va tor doiradagi madaniy uchrashuvlar, do‘stona ruhdagi davra suhbatlarida muhokama etilgan mavzular, yangi madaniy hamkorliklarning o‘rnatilishi Uchinchi Renessans davri madaniy dunyosining yuksalishiga poydevor hozirlaydi. Madaniyati, an’analari, qadriyatlari  bir-biriga yaqin bo‘lgan turkiy tilli davlatlarning birdamlikda madaniyat va san’at rivoji yo‘lida mustahkam hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining nutqi tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.  

 

 N.Usmonova, O‘zA