Mumbayda reklama taxtasi qulashi sakkiz kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
Mumbaydagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida reklama taxtasi qulab tushdi. Natijada kamida sakkiz kishi qurbon bo‘ldi, deb yozdi “Hindustan Times” nashri shahar hokimiyatiga tayanib.
Qattiq jala va kuchli shamol payti ag‘darilgan taxtaning uzunligi 30 metr atrofida. Avvalroq 54 kishi jabr ko‘rgani aytilgan edi.
Qulab tushgan konstruksiya ostida 100 ga yaqin kishi qamalib qolgan.
– Bu joy noqonuniy, chunki litsenziyasi yo‘q, – deya bayonot berdi voqeadan keyin munitsipal xizmat komissari Bxushan Gagrani. – Endi Mumbaydagi barcha reklama taxtalari litsenziyasini tekshiramiz.
– Qidiruv-qutqaruv xizmati 57 kishini reklama taxtasi ostidan qutqarib oldi, – deya qo‘shimcha qilgan u.