Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Multserial nafaqat bolajonlar, balki kattalar uchun ham qiziqarli va foydali
12:25 / 2020-01-22

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyat tashabbusi bilan “Quvvat” multfilmining Yangi yilga bag‘ishlangan seriali bolajonlar e’tiboriga havola etilgan edi.


“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyat tashabbusi bilan “Quvvat” multfilmining Yangi yilga bag‘ishlangan seriali bolajonlar e’tiboriga havola etilgan edi.

Yaqinda mazkur multserialning navbatdagi, ya’ni 9-qismi yaratildi, deb xabar berdi aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

Ushbu ijod namunasini yaratishdan maqsad gaz, elektr energiyani tejash va uni qay tarzda ishlab chiqarish borasida yosh avlodga dastlabki ko‘nikmalarni hosil qilish hamda ulardan oqilona foydalanishga o‘rganishga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Asarning 9-qism mavzusi biogaz haqida. Bolajonlarning sevimli qahramonlariga aylanib ulgurgan Tohir va Zuhra bu gal yozgi ta’tilni mamlakatimizning olis qishloqlaridan birida yashovchi bobo va buvisinikida o‘tkazmoqda. Biroq bu yerda muhit boshqacha. Dars qilmoqqa kirishgan bolalar bobosining uyida uylaridagi kabi oqib keladigan gazning yo‘qligi va tabiiy gaz yetib kelmagan hududlarga suyultirilgan gazni tashib kelishdan samaraliroq va aholi uchun foydaliroq bo‘lgan usullarni bilishga qiziqadi. 

Bunday paytda har doim bilimdon Quvvat ularning savoliga javob berishga shay. Uning aytishicha, yurtimizda gaz va neft konlari adoqsiz zaxiraga ega emasligi hamda uning ekologiyaga ham salbiy ta’siri bor. Shu sababli, boshqa rivojlangan davlatlar qatorida O‘zbekistonda ham qayta ishlanadigan biogaz energiya tizimlariga o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu yangi usul tabiiy gaz konlari zaxirasini asrashga yordam beradi.

Xo‘sh, qayta ishlanadigan biogaz energiya tizimiga o‘tish qanday amalga oshiriladi? Bunda chorva mollarining chiqindilari kichik sexlarda qayta ishlanadi. Hovlilarda kichik sexlarni qurib, uzluksiz gaz ishlab chiqarish mumkin. Bu esa aynan yangi tizim asosini tashkil etadi. Biometan tabiiy gaz bilan ovqat tayyorlash, xonadonlarni isitish, elektr energiyani ishlab chiqarish, hatto kelajakda avtomobillarda ham yonilg‘i sifatida ishlatsa bo‘ladi. Bunday sexlar tabiiy gazdan qisman yoki to‘liq voz kechish, shuningdek, ekologiyani ifloslanishini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi.

Demak, yangi serial mavzusi nafaqat bolajonlar, balki kattalar uchun ham qiziqarli va foydalidir.