O‘tgan hafta AQSH Prezidentining byudjet siyosati bilan bog‘liq qaroridan so‘ng Donald Tramp va Ilon Mask ijtimoiy tarmoq orqali gap talashib qolishgan edi. Bugun esa “Tesla” sohibi mamlakat yetakchisi haqidagi ayrim so‘zlaridan afsusda ekanini aytib chiqdi. Bu haqda “Euronews” yozgan.
– Biroz chuqurlashib kettim, – deydi texnologiya qiroli o‘z platformasida.
Aynan qaysi izoh xususida gapirayotganiga esa u to‘xtalmagan.
Mask Tramp tomonidan taklif etilgan, soliq imtiyozi va xarajatni qisqartirishga qaratilgan “yirik va chiroyli qonun loyihasi”ni keskin tanqid qilgach, tomonlar so‘z urushiga kirishdi. Masalan, tadbirkor yangi savdo tariflari retsessiyaga olib kelishini aytib, Prezidentga nisbatan impichment mavzusini ko‘targan. Oq uy bu da’volarni rad etgandan keyin ba’zi, jumladan impichment to‘g‘risidagi gaplar o‘chirildi.
Tramp, o‘z navbatida, Mask “aqlini yo‘qotgani”ni aytdi va tejamkorlik chorasi sifatida texnologiya magnatining “SraseX” va “Tesla” bilan tuzilgan federal shartnomalari bekor qilinishini bildirdi.
Mask 2024 yil Prezident qayta saylanishi uchun ulkan moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Ya’ni, saylov davomida taxminan 277 million dollar xayriya qildi. U Trampning asosiy jangovar shtatlarda saylovchilarni safarbar qilishga qaratilgan super Siyosiy harakat qo‘mitasi asoschisi va bu jarayondagi yagona donori edi.
Musulmon Ziyo, O‘zA