Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Multiindikator klaster kuzatuvlari boshlandi
13:00 / 2021-04-05

Multiindikator klaster kuzatuvi BMTning Xalqaro bolalar jamg‘armasi – UNICEF tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo‘lib, bolalar va ayollar holatini baholash maqsadida ko‘p ko‘rsatkichli ma’lumotlarni yig‘adi. Shu o‘rinda, onalar va bolalar bo‘yicha dunyo miqyosidagi eng yirik statistik ma’lumotlar manbasi hisoblanadi.

Ma’lumki, mamlakatimizda multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi vakolatli davlat organi etib belgilangan. Bunda qo‘mita YUNISEF bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazishi natijasida mamlakatda onalar va bolalar turmush tarziga oid statistik ma’lumotlarni yangilash va ularni xalqaro ma’lumot bazalarida aks ettirishga erishiladi.

MICS kuzatuvini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, aholining yashash sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma’lumotlar, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma’lumotlarni mamlakatlar miqyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

Kuzatuv jarayoni mamlakatimiz bo‘yicha tanlab olingan 726 ta mahalladagi 14 ming 520 ta uy-xo‘jaligida respondentlar bilan shaxsan suhbatlashish orqali yig‘iladi.

Davlat statistika qo‘mitasi yurtdoshlarimizni mazkur kuzatuvlarda faol qatnashishga chorlaydi.

 

Gulnoza BOBOEVA, O‘zA