Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muloqotlar o‘z natijasini bermoqda
12:04 / 2025-09-16

Tashqi savdo jarayonlari qanchalik yengil va shaffof bo‘lsa, tadbirkorlik faoliyati ham shunchalik tez va samarali rivojlanadi. Bu jarayonda  bojxona organlari nafaqat muhim bo‘g‘in sifatida ishtirok etmoqda, balki amaliy tadbirlar orqali eksportyorlarga keng imkoniyatlar ham yaratilmoqda.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasida eksportyorlar uchun tashkil etilgan navbatdagi seminarda ham aynan eksport salohiyatini oshirish, jarayonlarni yanada soddalashtirish va tadbirkorlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish asosiy maqsad qilindi. Seminar avvalida ishtirokchilarga “Eksport uch qadamda” tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlash joiz, 2024 yil 25 martdan boshlab sinov tariqasida ishga tushirilgan ushbu tizim ilgari 9 bosqichdan iborat bo‘lgan murakkab jarayonlarni soddalashtirib, eksportyorlarga vaqt va ortiqcha xarajatlarni qisqartirish imkonini yaratdi. Endilikda eksport jarayoni uch asosiy bosqichdan – eksport shartnomasini tuzish, eksport deklaratsiyasini shakllantirish va yuborish hamda chegara bojxona nazoratidan o‘tishdan iborat bo‘ldi.

Seminar doirasida “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimining afzalliklariga ham to‘xtalib o‘tildi. Mazkur rejim imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanayotgan ishlab chiqaruvchilar soni kun sayin ortmoqda.  Masalan, 2023 yilda viloyatda ushbu rejimdan 21 ta korxona foydalangan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 53 taga yetdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, import qilingan xomashyolarni qayta ishlash orqali 2022 yilda 44 million, 2023 yilda 52 million, 2024 yilda 130 million, 2025 yilning o‘tgan davrida esa 115 million AQSH dollarlik tayyor mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, targ‘ibot ishlari natijasida ilgari ushbu rejimdan foydalanmagan 14 ta korxona 2025 yilda 3 million dollarlik mahsulotni qayta ishlash rejimiga joylashtirdi.

Seminar yakunida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi hamda eksport jarayonlarida qo‘llanilayotgan yengilliklar bo‘yicha batafsil tushunchaga ega bo‘ldi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.