Mulkdorlarga nisbatan 6,9 milliard so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilishicha, o‘tgan yilda Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarining texnik holatini o‘rganish jarayonida jami 11 ming 778 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Shundan, 6 ming 798 ta noqonuniy qurilma mulkdorlar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘liq bartaraf etildi. 2022 yilda mulkdorlarga nisbatan 6,9 miliard so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
Shuningdek, 3 ming 80 ta noqonuniy qurilmaga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
O‘zA