Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mulk va inshootlar tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmoqda
16:24 / 2023-12-13

Bugungi kunda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk ob’ektlari manzillari yagona reyestri, yer, binolar va inshootlar, hududlar davlat kadastri yagona tizimini yuritish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Albatta, bu kabi vazifalar ijrosini ta’minlash Davlat kadastrlari palatasiga yuklatilgan. Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan 2023 yilning o‘tgan 11 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 38 ming 499 ta davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun arizalar kelib tushgan. Ularning 29 ming 74 tasi ijobiy yakunlanib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 1 ming 413 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘lovini to‘lash jarayonida, 5 ming 788 tasida kamchiliklar bo‘lganligi sababli rad etilgan. 2 ming 147 ta ariza davlat xizmatlari markazlari tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, 64 ta ariza davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida. 

Jismoniy va yuridik shaxslardan kadastr pasportini shakllantirish uchun Davlat xizmatlari markazlari hamda my.gov.uz – yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 20 ming 901 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, ularning 16 ming 482 tasi ijobiy hal etilgan. Ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi uchun rad etilgan bo‘lsa, Davlat xizmatlari tomonidan bekor qilingan, shuningdek, kadastr pasportini shakllantirish uchun to‘lovi kutilayotgan arizalar ham mavjud. Bundan tashqari, boshqarma tomonidan 2023 yilning o‘tgan 11 oyida 1296 ta 425,7 gektar yer maydoni “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan. O‘tgan davr mobaynida 250 ta 27,8 gektar yer maydoni komissiya tomonidan rad etilgan bo‘lsa, 793 ta 269,4 gektar yer maydonlari kelishish jarayonida (muhokamada), 253 ta 128,4 gektar yer maydoni ye-auksion.uz sayti orqali onlayn auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, uning 71 tasi - 41 gektar yer maydoni auksion savdolari orqali sotilgan. 

Otabek To‘xtayev, 

Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i. 

O‘zA