Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan o‘tkazgan muloqotida bir guruh andijonlik ilg‘or, faol ustoz va murabbiylar Andijon davlat tibbiyot institutida turib onlayn tarzda ishtirok etdi.
Muloqot yakunida Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Prezidentimiz farmoniga asosan turli faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlanganlar safidagi bir guruh andijonlik ustoz va murabbiylarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Farmonga ko‘ra, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan Buloqboshi tumanidagi 4- umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Tamara Axunova, Marhamat tumanidagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Xayitboy Salimov, Jalaquduq tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Ozodaxon Umarovaga mukofotlarni Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Komiljon Komilov topshirdi.
[gallery-25323]
Mukofot sohiblari mehnatlari e’tirofi, ko‘rsatilgan e’tibor uchun yurtboshimizga minnatdorchilik bildirdi.
F.Ubaydullayev,
Z.Umrzoqov (surat), O‘zA