French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mukofotdan mas’uliyatgacha bo‘lgan yo‘l
12:39 / 2026-02-12

Zulfiyaxonim izdoshlari

Xurshida Xoliqova — Qashqadaryo viloyatida ilm-fan va ta’lim sohasiga munosib hissa qo‘shayotgan yosh olima va pedagog. Uning hayotidagi muhim burilish 2006-yilda ro‘y berdi: u fan yo‘nalishida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Mazkur mukofot uning ilmiy izlanishlari va pedagogik faoliyatida mustahkam ishonch va rag‘bat manbaiga aylandi.

Ayni paytda u Qarshi davlat texnika universitetining «Elektr ta’minoti va intellektual energetik tizimlar» kafedrasida dotsent sifatida faoliyat yuritmoqda. Olimaning tadqiqotlari «Bo‘lajak muhandislarda ekologik madaniyatni rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari» mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, yoshlarda ekologik ongni shakllantirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni tarbiyalashga qaratilgan.

[gallery-27615]

Xurshida Xoliqova pedagogik faoliyati orqali ham yosh avlod salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Uning darslari va tarbiyaviy ishlari talabalarni bilimli, ma’naviyatli va mas’uliyatli shaxs bo‘lib kamol topishga undaydi. Shu bois u talabalar va ota-onalar o‘rtasida katta hurmat va e’tirofga sazovor.

Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA