Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mukofot va mas’uliyat
12:26 / 2026-02-18

FOTOREPORTAJ

“Zulfiyaxonim izdoshlari” loyihasining navbatdagi qahramoni — namanganlik Xolida Mirzakparova 2001-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. U bu yuksak e’tirofni yangi yutuqlar sari da’vat va yosh avlod tarbiyasi yo‘lidagi katta mas’uliyat sifatida qabul qildi.

Xolida Mirzakparova Namangan davlat universitetining san’atshunoslik fakultetida tahsil olib, o‘z bilim va mahoratini mustahkamladi. Mehnat faoliyatini Namangan shahar xalq ta’limi tizimidagi 42- va 52-umumta’lim maktablarida o‘qituvchilikdan boshladi. Keyinchalik Namangan san’at kollejida dizayn kafedrasida faoliyat yuritib, ko‘plab iqtidorli yoshlarning kamol topishiga hissa qo‘shdi.

Ayni vaqtda Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktabi dizayn bo‘limi o‘qituvchisi sifatida samarali mehnat qilib kelmoqda.

[gallery-27721]

Qahramonimiz nafaqat malakali pedagog, balki yoshlar uchun ibratli ustozdir. U shogirdlariga san’at sirlarini o‘rgatish barobarida, ularni yuksak ma’naviyat, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni o‘zining ustuvor vazifasi, deb biladi.

Shu bilan birga, uch farzandning mehribon onasi sifatida oila va kasb mas’uliyatini uyg‘un olib borayotgan zamonaviy, faol va tashabbuskor ayol timsolidir.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA