Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mukofot oʻz egalariga topshirildi
19:04 / 2019-08-31

Toshkent viloyatida ham jamiyat hayotining turli sohalarida samarali mehnat qilib, yurtimiz obodligi, tinch va farovon hayotimiz, aholi turmush darajasining yuksalishiga munosib hissa qoʻshayotganlar koʻp.


Toshkent viloyatida ham jamiyat hayotining turli sohalarida samarali mehnat qilib, yurtimiz obodligi, tinch va farovon hayotimiz, aholi turmush darajasining yuksalishiga munosib hissa qoʻshayotganlar koʻp. Bunday fidoiy insonlar hamisha elimiz ardogʻida.

Prezidentimiz farmoniga muvofiq, davlatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan ana shunday bir guruh viloyat fidoiylari davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi.

Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi Rustam Xolmatov kuni kecha barcha mukofotlanganlarni mustaqilligimizning 28 yilligi bilan tabriklab, yuksak davlat mukofotlarini Prezidentimiz nomidan tantanali topshirgan edi. Bugun viloyat hokimligida oʻtkazilgan tantanali tadbirda ishtirok eta olmagan yurtdoshlarimizga davlat mukofotlarini topshirdi.

Boʻkalik Mehri aya Imorxoʻjayeva tumanning “Oʻzbek” mahallasida istiqomat qiladi. Tabarruk 106 yoshli onaxon “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Mehri ayaning 8 nafar nabirasi, 27 chevara va 21 nafar evarasi bor.

Ayni paytda mahalladoshlar, tuman jamoatchiligi piru badavlat Mehri ayaga parvona. Xushxabarni eshitgan qarindosh-urugʻlar, qoʻni-qoʻshnilar onaxonni tabriklamoqda.

Viloyat hokimi v.b Rustam Xolmatov Mehri Imorxoʻjayeva yashayotgan xonadonda boʻldi. Davlat rahbarining farmoni yigʻilganlarga oʻqib-eshittirildi. Davlat mukofoti tantanali ravishda topshirildi. Viloyat va tuman hokimliklari tomonidan esdalik sovgʻalari berildi.

Qibraylik Natalya Plotnikova Prezidentimiz farmoniga muvofiq, “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. Viloyat hokimi v.b R.Xolmatov “Opa-singillar” nomli nogiron ayollar jamiyati rahbari N.Plotnikova xonadonida ham boʻlib, davlat mukofotini tantanali ravishda topshirdi.