Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mukammal oila yaratish – baxtning kaliti
16:07 / 2020-12-11

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan “Mukammal oila yaratish – baxtning kaliti” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “Afrosiyob psixologiya akademiyasi” tuzilmasi rahbari, psixoterapevt, Rossiya xalqaro psixologiya akademiyasi faxriy a’zosi, 30 dan ortiq oila psixologiyasi va farzand tarbiyasiga oid kitoblar muallifi Zebiniso Ahmedova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, oila qurish g‘oyat mas’uliyatli, murakkab jarayon. Negaki, insonning o‘z ruhiyati, xulq-atvori, qarashlariga monand jufti bilan turmush qurishi uning kelgusidagi hayoti, taqdiri qay yo‘sinda kechishi bilan uzviy bog‘liq.

Tadbir davomida psixolog Z.Ahmedova mukammal oila yaratish sirlari, oila farovonligi, oilada ayol va erkakning teng huquqliligi, oila demokratiyasi va oila brendi hamda farzand tarbiyasi xususida o‘zi fikr va mulohazalarini bildirdi.  

Suhbat davomida psixologning bir qator kitoblari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.  

Tadbir yakunida psixolog tomonidan tadbir ishtirokchilariga esdalik sovg‘alar taqdim etildi.