French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mukammal darsliklar– o‘quvchi muvaffaqiyatining kaliti
16:01 / 2021-08-06

Toshkent shahridagi Uchtepa tumanida joylashgan 14- sonli xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblum, USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda xalqaro nashriyotlar tomonidan ishlab chiqilgan ikki turkum darsliklar va ta’lim tizimidagi o‘zaro hamkorlik haqida so‘z yuritildi.

Vazirlik USAID bilan 2019 yil sentyabrda 50 million AQSH dollarigacha bo‘lgan grant shartnomasini imzolagan. Mazkur grant shartnomasini amalga oshirish maqsadida hozirga qadar 19,5 million AQSH dollari jalb qilingan bo‘lib, 10 million AQSH dollariga “Barkamollik uchun” ta’lim dasturi olib borilmoqda.  Dastur doirasida 5-11 sinflar uchun AKT hamda 1-11 sinflar uchun ingliz tili fanlari doirasida «Cambridge university press» xalqaro nashriyotidan litsenziyalar xarid qilingan va O‘zbekistondagi milliy o‘quv dasturiga moslashtirilgan darsliklar va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Mazkur darsliklar Sirdaryo va Namangan viloyatlaridagi 200 dan ortiq umumta’lim maktabida 2021-2022 o‘quv yilida tajriba-sinov bosqichidan o‘tgandan so‘ng, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab umummilliy miqyosda joriy qilinadi.

Uchrashuvda xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov va USAIDning O‘zbekistondagi direktori M.Meredit yana 5,5 million AQSH dollari ajratishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha hujjatni imzoladi. Bu mablag‘lar yoshlarning ishga kirishdan oldin ularning tadbirkorligi va ishga tayyorligini oshirish uchun ishlatiladi.

[gallery-3319]

Fayzullo Yahyoyev, A’lo Abdullayev (surat), O‘zA