Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muju shahrida 15 nafar taekvondochimiz dayanga ko‘tariladi
12:30 / 2025-08-26

Joriy yilning 28–31 avgust kunlari Janubiy Koreyaning Muju shahrida taekvondo WT bo‘yicha nufuzli “Grand Prix Challenge” turniri o‘tkaziladi. Unda dunyoning 30 mamlakatidagi 330 nafardan ziyod taekvondochilar ishtirok etishi kutilmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur bellashuvlarda o‘zining 15 nafar sportchisi bilan qatnashadi. Ular quyidagilar:

Erkaklar:

–58 kg: Omonjon Otajonov

–58 kg: Kamronbek Mansurov

–58 kg: Mirdiyor Mirayimov

–68 kg: Islombek Rajabov

+80 kg: Shuhrat Salayev

+80 kg: Marat Mavlonov

+80 kg: Yodgor Jo‘raboyev

Ayollar:

–49 kg: Laylo Hasanova

–49 kg: Madina Shoniyozova

–49 kg: Dilnoza Tangirova

–57 kg: Madina Mirabzalova

–57 kg: Shabbona Abduvaliyeva

–67 kg: Ozoda Sobirjonova

–67 kg: Sevinch Hayitova

–67 kg: Diyora Azizova

Mazkur musobaqa nafaqat reyting ochkolarini qo‘lga kiritish, balki yosh taekvondochilarimiz uchun xalqaro tajriba to‘plash imkonini ham yaratadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA