Mujibillo Tursunov WBC Gran-prisida finalga chiqdi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boks bo‘yicha WBC Gran-prisining 1/2 finalida hamyurtimiz Mujibillo Tursunov ringga ko‘tarildi.
Mujibillo Tursunov mazkur bosqichda ukrainalik Danilo Lozan bilan 6 raund davomida raqobatlashdi. Bahs yakunida charm qo‘lqop ustamiz 57-57, 59-55, 58-56 ochkolar hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Shuningdek, ushbu vazn toifasidagi ikkinchi yarim final jangida Karlos Utria (Kolumbiya) birinchi raundda Ntetelo Nkosini (JAR) nokautga uchratdi.
Shu tariqa, WBC Gran-prisining so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida Mujibillo Tursunov va Karlos Utria o‘zaro raqobatlashadi. Final jangi 5 dekabr kuni o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA