Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhtojlarga ijtimoiy uy ajratish borasida qonuniy asoslarni yaratish taklifi bildirildi
15:41 / 2026-03-02

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida fraksiya a’zolarining o‘z saylov okruglarida aholi bilan ochiq muloqotlari natijalari, o‘rganilgan ijtimoiy ob’ektlar faoliyati tahlili hamda fuqarolarda kelib tushgan murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, bu galgi o‘rganishlar davomida kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va nafaqaxo‘rlar muammolariga alohida e’tibor qaratildi. Ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash amaliyotidagi muammolar batafsil tahlil qilindi. Mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati yuzasidan aholi fikrlari eshitilib, bandlik, arzon uy-joy, kommunal xizmatlar sifati hamda tibbiy xizmatdan foydalanish masalalari bo‘yicha taklif va shikoyatlari tinglandi.

[gallery-27929]

Fraksiya a’zolari o‘rganish yakunlari muhokamalarida takroriy murojaatlarga alohida e’tibor qaratdi. Hududlarda  yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, nogironligi bor fuqarolarga sharoit va qulayliklar yaratish, ularga ijtimoiy uy berish kabi masalalarda takroriy murojaatlar bo‘lgani qayd etildi.  

O‘rganishlar davomidagi aksariyat murojaatlar joyida hal etilgani alohida ta’kidlandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalardan kelib chiqib, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.  

Qizilgul Qosimova, fraksiya a’zosi:

—  Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo‘layotgan ayrim masala va muammolarni muhokama markaziga chiqmasidan avval joyiga borib o‘rganish, hal etish choralarini ko‘rishimiz kerak. Bolalar bog‘chalarida ommaviy zaharlanish holatidan kelib chiqib, joylardagi o‘rganishlarimizda bir qator maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdik, autsorsing va keytering xizmatlari holatini o‘rgandik. Bu tizimlar bugun qanchalik muhimligini tahlil qildik. Keytering tizimi bog‘chalarga to‘g‘ri kelmaydi. Autsorsing tizimi esa ancha yaxshi ishlayapti. Markazlashgan holda ovqatlarning menyusi tayyorlanib, bog‘chalarning o‘zida ovqatlar pishirilyapti. E’tiborlisi, bog‘chalardagi mahsulotlar tabiiy, katta zaxira yig‘ib qo‘yilmagan.

Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor fuqarolar, yakka-yolg‘iz keksalar uchun ijtimoiy uylar ajratish masalasidagi murojaatlarni muhokama qildik. Bu borada qonunchilikka tegishli takliflar tayyorlashga kelishib oldik.

Muhtarama Komilova,  

Nosir Haydarov (surat), O‘zA