Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhtoj bemorlarga maxsus vaucherlar topshirilmoqda
10:36 / 2026-02-26

Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarida muborak Ramazon oyida og‘ir ahvolda bo‘lgan, jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlarga maxsus vaucherlar topshirilmoqda.

Ushbu xayrli tashabbus inson qadrini ulug‘lash, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan. Vaucherlar tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga yetkazilmoqda. 

Xo‘jayli tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida bemorlar va ularning yaqinlari bilan suhbat o‘tkazilib, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam va yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Fuqarolarning minnatdorlik so‘zlari ushbu ezgu ishlarning naqadar muhimligini yaqqol namoyon etdi.

Ramazon oyida amalga oshirilayotgan bunday xayrli amallar og‘ir bemorlar uchun nafaqat tibbiy yordam, balki yangi umid va kelajakka ishonch bag‘ishlamoqda. 

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.