Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhokamalar markazida – “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
19:44 / 2023-08-11

Navoiy davlat pedagogika institutida “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli hamda o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihalari yuzasidan jamoatchilik muhokamalari o‘tkazilmoqda.

Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi hujjatlar regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan.  

– “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo‘lib, unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan, – deydi “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari G‘ofur Aliyev. – Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib takliflar olinmoqda.  

Tadbirda Strategiyani amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyati, ayniqsa, mas’ul idoralar tomonidan yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik nazorati kabi tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.  

Tadbir so‘ngida Yangi O‘zbekiston – 2030 strategiyasi ijrosini ta’minlash va belgilangan maqsadlarga erishish yo‘lida barcha birdek harakat qilishi lozimligi alohida ta’kidlandi.  

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA